Dushanba kuni Xitoy texnologik aksiyalari, ayniqsa chip ishlab chiqaruvchi kompaniyalar narxi sezilarli darajada o‘sdi, deb Investing.com xabar berdi. Bu holat Pekinning Nvidia chiplari ustidan tekshiruvlari mahalliy protsessorlarga talabni kuchaytirgani bilan izohlanmoqda.
Semiconductor Manufacturing International Corp aksiyalari Gongkongda 6% ga, Cambricon Technologies esa Shanxayda 8,6% gacha ko‘tarilib rekord darajaga yetdi. Hygon Information Technology aksiyalari esa qariyb 15% ga oshdi. Biroq Hua Hong Semiconductor aksiyalari 3% ga pasaydi.
Talabning kuchayishi DeepSeek kompaniyasi mahalliy chiplarga moslashtirilgan yangi V3 modelini taqdim etganidan keyin yanada ortdi. Shu bilan birga, xabarlarga ko‘ra, kompaniya Huawei ishlab chiqargan chiplarda o‘qitishdagi muammolar sababli yangi model relizini kechiktirgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!