date

MyGov ma’lumotlari rasman qog‘oz shakliga tenglashtiriladi

MyGov ma’lumotlari rasman qog‘oz shakliga tenglashtiriladi

Joriy yil 8 sentyabr kuni Prezident tomonidan imzolangan PF–157-sonli farmonga muvofiq, 2025 yil 1 noyabrdan boshlab Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (MyGov.uz) fuqarolarga doir ma’lumotlar ularning shaxsiy kabineti orqali real vaqtda taqdim etiladi.

Ushbu farmonga asosan, fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari rasmiy holatga chiqarilib, ularning qog‘oz shaklidagi hujjatlar bilan teng yuridik kuchga ega bo‘ladi. Endi davlat organlari va tashkilotlari MyGov portalidagi ma’lumotlar ko‘rsatilganda ularning qog‘oz ko‘rinishidagi nusxasini talab qila olmaydi.

Shuningdek, 2025 yil 1 noyabrdan boshlab bir qator qulayliklar va yangiliklar joriy etiladi. Xususan, Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilgan pensionerlar, homilador ayollar hamda 3 yoshga to‘lmagan farzandi bilan kelgan fuqarolarga navbatsiz xizmat ko‘rsatish huquqi beriladi.

Bundan tashqari, jismoniy shaxslarni Yagona identifikatsiya tizimi — OneID orqali ro‘yxatdan o‘tkazishda Face ID texnologiyasi — ya’ni biometrik aniqlash usuli orqali identifikatsiya qilish mexanizmi joriy etiladi.

Yana bir muhim yangilik: endilikda Davlat xizmatlari markazlari Yagona portal orqali joriy qilingan barcha xizmatlar bo‘yicha aholi va tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatish huquqiga ega bo‘ladi. Bu esa odamlarning xizmatlardan foydalanish jarayonini yanada tez, shaffof va qulay qilishni ta’minlaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » MyGov ma’lumotlari rasman qog‘oz shakliga tenglashtiriladi