eVTOL ya’ni elektr vertikal parvoz qiluvchi uchish apparatlari ishlab chiqaruvchilari endi AQShda o‘z qurilmalari ustida sinov parvozlarini amalga oshirishlari mumkin, deb TechCrunch xabar berdi. Bu Federal aviatsiya ma’muriyati (FAA) tomonidan boshlangan yangi pilot dastur doirasida amalga oshiriladi.
Ushbu dastur eVTOL texnologiyasini to‘liq sertifikat olishdan oldin turli real sharoitlarda sinab ko‘rish imkonini beradi. Bu startaplarga turli operatsiyalarni amalga oshirish, xavfsizlikni baholash va texnik imkoniyatlarini aniqlash uchun zarur sharoitni yaratadi.
FAAning aytishicha, dastur ixtiyoriy hisoblanadi va unga qabul qilingan shirkatlar belgilangan talablar asosida faoliyat yuritadi. Bu yechim orqali yangi aviatexnologiyalarni bozorga olib chiqish vaqti sezilarli darajada qisqaradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!