21:12 / 21.12.2016
5 895

Alibaba Rossiyada mobil yangiliklar agregatorini yaratishni ortga surdi

Alibaba Rossiyada mobil yangiliklar agregatorini yaratishni ortga surdi

Xitoyning Alibaba Group internet-gigantining mobil bo‘linmasi — Alibaba Mobile Business Group (UCWeb brendi) Rossiyada mobil yangiliklar agregatorini yaratish ishini 2017 yilga qoldirdi. Buning sabablari orasida mamlakatda qabul qilingan yangi qonun ham ko‘rsatilmoqda, deb ma’lumot beradi «Daryo».

Bu borada bayonot bergan UCWeb’ning biznesni rivojlantirish bo‘yicha Rossiyadagi rahbari Aleks Si ilgariroq kompaniya agregatorni 2015 yil oxirigacha ishga tushirishni rejalashtirganini eslatib o‘tdi.

Hozir kompaniyaning UC Browser brauzerida qurilma agregator bor, lekin u hamkorlarning resurslari asosida ishlaydi. UCWeb Rossiyada yangiliklarni ko‘rish uchun alohida mobil dasturni ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Lekin kompaniya bu ishni mustaqil ravishda faqat 2017 yilda amalga oshira olishi ma’lum bo‘ldi.

«Hozir Rossiyada UC Browser’ni Rossiya foydalanuvchilari ehtiyojlariga moslash ustida ishlayotgan jamoa bor», — ta’kidladi Si.

Uning aytishicha, ayni paytda Rossiyada mobil brauzerdan foydalanuvchilar soni 10 million kishiga etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Alibaba Rossiyada mobil yangiliklar agregatorini yaratishni ortga surdi