date

Rossiyada yangi iPhone 17 savdoga chiqarildi

Rossiyada yangi iPhone 17 savdoga chiqarildi
Mahalliy do‘konlar ma’lumotiga ko‘ra, oldindan buyurtmalar soni o‘tgan yilga qaraganda 66 foiz ko‘p bo‘lgan. Bu esa iqtisodiy qiyinchiliklarga qaramay, Apple mahsulotlariga talab yuqoriligini ko‘rsatmoqda.

Apple 2022-yilda Rossiyada rasmiy savdoni to‘xtatgan edi. Shunga qaramay, yangi modellarning “parallel import” orqali olib kirilishi davom etmoqda. Shu sababli telefonlarning narxi boshqa davlatlarga qaraganda sezilarli darajada qimmat.

Yangi iPhone 17 yangilangan dizayn va kuchli kameralar bilan taqdim etildi. Xaridorlar, ayniqsa, “Air” modeliga va yangi suratga olish imkoniyatlariga katta qiziqish bildirmoqda.

Mutaxassislarning aytishicha, Apple hali ham Rossiyada eng daromadli brend hisoblanadi. Sotuv hajmi bo‘yicha esa Xitoyning Xiaomi kompaniyasi birinchi o‘rinda turmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Rossiyada yangi iPhone 17 savdoga chiqarildi