date

OpenAI ChatGPT’ga ota-onalar nazoratini joriy qildi

OpenAI ChatGPT’ga ota-onalar nazoratini joriy qildi

Bloomberg ma’lumotiga ko‘ra, OpenAI ChatGPT xizmatiga ota-onalar nazorati funksiyasini qo‘shdi. Endi ota-onalar bolalar uchun ayrim funksiyalarni cheklashi va stress alomatlari haqida bildirishnomalar olishi mumkin.

Funksiya bolaning elektron pochtasiga yuboriladigan maxsus taklif orqali faollashadi. U orqali ovozli rejimni, tasvirlar yaratishni hamda oldingi suhbatlarga kirishni cheklash imkoniyati beriladi.

Bildirishnomalar email, SMS yoki ilova orqali yuboriladi, ammo farzandlarning yozishmalari ota-onalarga uzatilmaydi.

Mazkur qaror shu yilning aprelida hayotdan o‘z ixtiyori bilan ketgan o‘smir oilasining sudga murojaatidan keyin qabul qilindi. Oila ChatGPT o‘smirning yozgan xabarlariga qaramay “favqulodda yordam protokoli”ni ishga tushirmaganini ta’kidlagan.

OpenAI shuningdek, foydalanuvchilarning yoshini aniqlash tizimini ishlab chiqmoqda, bu esa kelajakda funksiyalarni to‘g‘ri cheklash imkonini beradi, deb yozadi Kursiv Media.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » OpenAI ChatGPT’ga ota-onalar nazoratini joriy qildi