Tolibon hukumati Afg‘onistonda butun mamlakat bo‘ylab internet va aloqa xizmatlarini to‘xtatdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat hozirda “to‘liq internet uzilishi”ni boshdan kechirmoqda.
Tolibonlar qarorning sababini aytmadi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, telekommunikatsiya xizmatlari “keyingi ko‘rsatmagacha” o‘chiriladi.
Mahalliy aholining aytishicha, internet dushanba kechqurun uzilgan. Mutaxassislar bunday uzilishlar iqtisodiyot va kundalik hayotga katta zarar yetkazishini aytmoqda.
Tolibon hokimiyatga kelganidan beri qattiq cheklovlar joriy qilmoqda. Ayollar ta’limdan mahrum etildi, inson huquqlari mavzusi taqiqlangan. Internetning o‘chirilishi esa navbatdagi cheklov bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar