Telegram’ning kunlik foydalanuvchilari soni 500 millionga yetdi

Jahongir Latipov Telegram-kanali yozishicha, Telegram kunlik 500 million faol foydalanuvchiga ega bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich uni Instagram’dan oldinga chiqarib, dunyodagi eng faol ijtimoiy platformalar orasida 5-o‘ringa olib chiqdi.
Taqqoslash uchun:
— TikTok — 1,1 mlrd
— Facebook — 2 mlrd
— YouTube — 1,1 mlrd
— WhatsApp — 2,2 mlrd
— Telegram — 500 mln
— Instagram — 490 mln
Messenjer so‘nggi yillarda jadal o‘sish sur’atini namoyon etmoqda va tez orada jahonning yetakchi ijtimoiy platformalari qatoriga kirishi kutilmoqda.

Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…