date

iPhone 17 olib kirish qanchaga tushadi?

iPhone 17 olib kirish qanchaga tushadi?

O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi iPhone 17 modellarini mamlakatga olib kirish tartibi haqida ma’lumot berdi, deb xabar qildi Bojxona qo‘mitasi. Yangi qurilmalarni olib o‘tishda jismoniy shaxslar uchun belgilangan qoidalar mavjud.

Qoidaga ko‘ra, jismoniy shaxslar shaxsiy ehtiyoji uchun telefonni muayyan qiymatgacha boj to‘lamasdan olib o‘tishi mumkin. Agar telefon samolyotda olib kelinsa, $1000 gacha; poyezd yoki kema orqali — $500 gacha; avtomobilda yoki piyoda — $300 gacha bojsiz bo‘ladi.

Masalan, agar siz iPhone 17 Pro Max ($1199) ni samolyotda olib kirsangiz, $1000 qismi bojsiz hisoblanadi, qolgan $199 uchun esa 30 foiz, ya’ni taxminan $60 to‘lov amalga oshirilishi kerak bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » iPhone 17 olib kirish qanchaga tushadi?