date

YouTube bloklangan mualliflarga platformaga qaytish imkonini beradi

YouTube bloklangan mualliflarga platformaga qaytish imkonini beradi

YouTube “Second Chance” (“Ikkinchi imkoniyat”) nomli yangi dasturni ishga tushirdi. U bloklangan kontent yaratuvchilarga bir yildan so‘ng platformaga qayta kirish uchun ariza berish imkonini beradi, deb yozmoqda Rozetked.me sayti.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, bu dastur apellyatsiya emas — u qarorni rasmiy ravishda qayta ko‘rib chiqish imkonidan foydalanib bo‘lgan foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan. Har bir holat alohida ko‘rib chiqiladi, qaror esa buzilish xarakteri va amaldagi qoidalarga mosligiga qarab qabul qilinadi.

Shu bilan birga, mualliflik huquqini buzgan kanallar bu dasturda ishtirok eta olmaydi.

Ariza tasdiqlangandan so‘ng, muallif yangi kanal yaratishi, avvalgi videolarini qayta joylashi (agar ular hozirgi qoidalarga zid bo‘lmasa) va monetizatsiyani qayta faollashtirishi mumkin bo‘ladi.

Yangi funksiya haqidagi ogohlantirishlar YouTube Studio‘dagi ish stoli versiyasida yaqin oylarda paydo bo‘ladi.

Dastur Google’ning AQSH Kongressmeni Jim Jordanga yo‘llagan xati ortidan joriy etilmoqda — unda kompaniya COVID-19 va saylovlarga oid dezinformatsiya sababli bloklangan kanallarni qaytarish niyatini bildirgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » YouTube bloklangan mualliflarga platformaga qaytish imkonini beradi