Google Chrome brauzerida yangi funksiyani taqdim etdi, u foydalanuvchi tomonidan yetishmayotgan saytlardan kelgan xabarnomalarni avtomatik ravishda o‘chiradi, deb yozmoqda Rozetked.me sayti.
Yangi o‘zgarish desktop va Android versiyalarida mavjud bo‘ladi. Veb-ilovalarning xabarnomalariga bu o‘zgartish ta’sir qilmaydi — o‘zgarish faqat oddiy saytlarga taalluqli bo‘ladi, ya’ni foydalanuvchi ularga hech qanday javob bermagan saytlardan kelgan xabarnomalar o‘chiriladi.
Google ma’lumotiga ko‘ra, barcha veb-xabarnomalarning bir foizidan kami foydalanuvchi tomonidan javob oladi. Testlar ko‘rsatdiki, yangi sistema xabarnomalarning miqdorini sezilarli darajada kamaytiradi, bu esa umumiy bosishlar soniga ta’sir qilmaydi. Qiziqarli tomoni, kam xabarnoma yuboruvchi saytlar foydalanuvchilar bilan bog‘lanishda yaxshiroq natijalarga erishmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!