date

2026-yilda Chrome va Safari oʻrnini bosuvchi eng yaxshi brauzerlar

2026-yilda Chrome va Safari oʻrnini bosuvchi eng yaxshi brauzerlar

Hozirgi kunda Google Chrome va Apple kompaniyasining Safari brauzerlari bozorda yetakchilik qilmoqda. Ayniqsa, Chrome oʻzining qidiruv tizimiga generativ sunʼiy intellektni integratsiya qilishi orqali katta ustunlikka ega. Biroq, 2026-yilga kelib foydalanuvchilar orasida ushbu gigantlarga munosib raqib boʻla oladigan, maxfiylik va foydalanuvchi salomatligiga eʼtibor qaratuvchi yangi avlod brauzerlariga qiziqish ortmoqda. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Perplexity startapi yaqinda Comet deb nomlangan sunʼiy intellektga asoslangan brauzerini taqdim etdi. Ushbu mahsulot chat-bot koʻrinishidagi qidiruv tizimi boʻlib, u elektron xatlarni xulosalash, veb-sahifalarni tahlil qilish va kalendar taklifnomalarini yuborish kabi vazifalarni bajara oladi. Hozirda u Perplexity kompaniyasining oyiga 200 dollarlik Max rejasi foydalanuvchilari uchun ochiq, boshqalar esa kutish roʻyxatiga yozilishlari mumkin.

Arc brauzeri ortida turgan The Browser Company esa Dia nomli yangi loyihasini eʼlon qildi. Tashqi koʻrinishidan Google Chrome brauzeriga oʻxshash boʻlsa-da, Dia foydalanuvchi tashrif buyurgan barcha saytlarni tahlil qilib, kerakli maʼlumotni topishda yordam beradi. U mahsulotlar haqidagi savollarga javob berishi va yuklangan fayllarni qisqacha mazmunini chiqarib berishi bilan ajralib turadi.

Opera kompaniyasi ham Neon deb nomlangan, kontekstni tushunish qobiliyatiga ega brauzerini namoyish etdi. Neon foydalanuvchi oflayn boʻlganida ham tadqiqot oʻtkazish, xarid qilish va kod yozish kabi vazifalarni bajarishga qodir. Shu bilan birga, OpenAI oʻzining Atlas brauzerini ishga tushirdi. Atlas foydalanuvchilarga ChatGPT orqali qidiruv natijalarini tahlil qilish va turli topshiriqlarni agent rejimida bajarish imkonini beradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » 2026-yilda Chrome va Safari oʻrnini bosuvchi eng yaxshi brauzerlar