22:53 / 26.12.2016
5 726

Jazoirda internet qaramligidan davolovchi klinika ochildi

Jazoirda internet qaramligidan davolovchi klinika ochildi

Jazoirning Konstantin shahrida joylashgan Baxir Menturi klinikasida internet qaramligidan aziyat chekayotgan odamlar uchun mamlakatdagi ilk reabilitasiya dasturi ishlab chiqildi, deb yozmoqda Terabayt sayti.

Klinika ijtimoiy tarmoqlarning konpulsiv foydalanuvchilariga alohida e’tibor qaratadi. Klinika joriy yilning may oyida ochilganiga qaramasdan, hozirgacha bunday “kasallik” bilan unga 15-40 yosh oralig‘idagi 100 nafardan ortiq odam murojaat qilgan. Eng og‘ir holatlarda ba’zi bemorlar hatto ovqatlanish va yuvinish uchun ham internetdan uzila olmaganlar. Shifokorlar keng tarqalgan asoratlar sifatida bosh va bel og‘riqlarini alohida qayd etishgan.

Klinika nafaqat terapiya bilan shug‘ullanadi, balki ijtimoiy ta’lim kampaniyalarini ham o‘tkazib boradi. 24 yoshdan kichik bo‘lgan faqat 25% yoshlargina ish ta’minlangan ushbu davlatda, o‘smirlar yig‘iladigan internet-kafelar muammoni yanada kuchaytirishga sabab bo‘lmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Jazoirda internet qaramligidan davolovchi klinika ochildi