21:26 / 27.12.2016
5 528

Ramkasiz iPhone 8 qanday dizaynda bo‘ladi?

Ramkasiz iPhone 8 qanday dizaynda bo‘ladi?

Internet tarmog‘ida iDrop News dizaynerlari tomonidan ishlangan ramkasiz iPhone 8 konsepti paydo bo‘ldi. Model keng tarzda tarqalgan ramkasiz Apple flagmaniga doir xabarlar asosida yaratilgan.

Mish-mishlarga qaraganda, 2017 yilda Apple kompaniyasi yangi innovasion flagmandan tashqari, yana ikkita takomillashtirilgan, biroq avvalgi qurilmalardan katta farq qilmaydigan iPhone 7s va iPhone 7s Plus smartfonlarini ham taqdim qilishi mumkin, deb yozmoqda Terabayt sayti.

Konseptga asosan, iPhone 8 flagmanining old paneli butunlay ekran bilan qoplanadi. Apparat oynavand korpus, simsiz zaryadlash texnologiyasi va 4K aniqligidagi OLED ekranga ega bo‘ladi. Shuningdek, unga infraqizil ko‘z yoy skaneri o‘rnatilishi mumkin. Albatta, bularning barchasi hozircha taxmin. Ammo, bir narsa aniqki, “Olma” muxlislari undan anchadan beri yangi va olamshushmul innovasiyalarni kutishmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Ramkasiz iPhone 8 qanday dizaynda bo‘ladi?