22:07 / 28.12.2016
6 354

Lenovo ThinkPad X270 noutbuki avtonom rejimda 20 soat ishlashi mumkin

Lenovo ThinkPad X270 noutbuki avtonom rejimda 20 soat ishlashi mumkin

2017 yilning birinchi choragida Xitoyning Lenovo kompaniyasi uzoq avtonom ishlash xususiyatiga ega bo‘lgan ThinkPad X270 noutbukini e’lon qilishi kutilmoqda, deb yozmoqda Terabayt.uz.

Model Windows 10 operasion tizimida ishlaydi, 12,5 dyuymli ekran bilan jihozlanadi. Xaridorlarga Full HD (1920 × 1080 piksel), Full HD Touch (sensorli boshqaruv) va HD (1366 × 768 piksel) formatidagi displeyga ega noutbuk versiyalari taklif etiladi.

Noutbukka so‘nggi avloddagi Intel Core prosessori o‘rnatiladi. Operativ xotira sig‘imi 16 GBgacha bo‘lishi mumkin, 2 TBli qattiq disk yoki 512 GBli SSD doimiy xotira vazifasini bajaradi.

Gadjet tarmoqli Ethernet-kontroller, kartrider, HDMI, USB Type-C i USB 3.0 interfeyslari, 720p formatli veb-kamera va daktiloskopik sensorga ega bo‘ladi.

ThinkPad X270 taxminan 910 AQSh dollari narxida sotuvga chiqarilishi aytilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Lenovo ThinkPad X270 noutbuki avtonom rejimda 20 soat ishlashi mumkin