Telegram eski Android-qurilmalarni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatdi

Telegram eski Android-qurilmalarni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatdi
Telegram eski Android-qurilmalarni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatdi

Whatsapp’dan so‘ng Telegram messenjeri ham Android'ning eski versiyalarini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatdi, deb yozadi Kun.uz sayti. Messenjerning yangi versiyasi Android 4.0 Ice Cream Sandwich va undan yuqori versiyadagi operasion tizim bilan ishlaydi.

Avval Telegram Android'ning 2,2 Froyo versiyadan boshlab ishlar edi. Android 2.2 versiyasida 0,1 foiz, Android 2.3 versiyasida 1,2 foiz, Android 3.0’da esa 0,1 foizdan ham kamroq qurilmalar ishlaydi.

Telegram qo‘llab-quvvatlaydigan eng eski Apple-qurilmalaridagi operasion tizim o‘zgarmadi – iOS 6.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar