O‘zbekiston hukumati Surxondaryo viloyatida mamlakatdagi ikkinchi quyosh elektrstansiyasini barpo qilish uchun Osiyo taraqqiyot banki mablag‘larini jalb etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda "UzDaily"ga asoslanib Kun.uz sayti yozmoqda.
Hukumat Surxondaryoning Sherobod tumanida barpo qilishni rejalashtirgan quyosh elektrstansiyasi loyihasini amalga oshirish maqsadida OTBning 100 mln dollarlik kreditini jalb etish niyatida.
Respublikadagi ikkinchi quyosh elektrstansiyasining quvvati 100 mVt bo‘ladi. Ushbu stansiya ishga tushgach, yiliga 177 gVt•s elektrenergiyasi ishlab chiqishi kutilayapti. Kredit 2017 yilning ikinchi yarim yilligida taqdim etilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, OTB 2013 yili Samarqand viloyatida quyosh fotoelektr stansiyasini barpo qilish loyihasi uchun O‘zbekistonga 110 ml dollar miqdorida kredit ajratgan edi. Markaziy Osiyodagi birinchi geliostansiyaning quvvati 100 mVt bo‘lishi aytiladi.
2016 yil dekabr oyida Xitoyning Zhuhai Singyes Green Building Technology Co. Ltd kompaniyasi Samarqand viloyatida quyosh elektrstansiyasini qurish bo‘yicha tenderda g‘olib chiqqan edi. Geliostansiya yiliga 200 mln kVt•s elektroenergiyasi ishlab chiqaradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi