16:35 / 27.01.2017
6 711

Armanistonda Eurasia Mobile Challenge tanlovining hududiy finali bo‘lib o‘tdi

Armanistonda Eurasia Mobile Challenge tanlovining hududiy finali bo‘lib o‘tdi

Beeline 25 yanvar kuni Armanistonda bo‘lib o‘tgan Eurasia Mobile Challenge tanlovining hududiy filiali natijalari haqida xabar beradi.

Birinchi o‘rinni Rossiyalik ConfBot, ikkinchi o‘rinni Armanistonlik Earlyone guruhi, uchinchi o‘rinni Gruziyalik Treepix guruhi egallashdi. Ular $20 000, 15 000 va $10 000 mos ravishdagi mukofotga ega bo‘ldilar.

VimpelCom Ltd. kompaniyalar Guruhining Evraosiyo hududi ijroiya direktori Mixail Gerchuk shunday dedi: "Bu yili 1000dan ziyod topshirilgan arizlarfan tanlovga ishtirokchilar tanlab olindi, bu o‘tgan yildagi natijaga nisbatan ikki marotaba ko‘p. Hududiy bosqich g‘oliblari 27 fevral-2 mart kunlari Halqaro mobil aloqa kongressi doirasida Barselonada bo‘lib o‘tadigan Global Mobile Challenge-2017 tanlovida ishtirok etadilar. Va bizning kompaniya sifatidagi maqsadimiz eng taniqli g‘oyalarni ommaviylashtirishni ta’minlash, shuningdek ularni foydalanuvchilar tarafidan qo‘llanishiga yordam berishdir”.

Belgilab o‘tish joiz, 2016 yilning iyul oyida boshlangan Eurasia Mobile Challenge tanlovi – bu VimpelCom‘ning Make Your Mark loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan loyihadir. Tanlovda O‘zbekiston, Armaniston, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va Ukraina mamlakatlaridan vakillar ishtirok etishdi. Tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yhatdan o‘tgan 129 guruhdan 3 jamoa Evraosiyo finalida ishtirok etish uchun tanlab olingan edilar – MyApteka, Fixit va SmartUp, ular Global Mobile Challenge tanloviga yo‘llanmalarni qo‘lga kirita olmadilar. Tanlov haqida qo‘shimcha ma’lumot bilan www.eurasiamobilechallenge.com saytida tanishish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Armanistonda Eurasia Mobile Challenge tanlovining hududiy finali bo‘lib o‘tdi