12:11 / 28.01.2017
5 893

Dizaynerlar kelajak smartfoni konseptini yaratdi (foto)

Dizaynerlar kelajak smartfoni konseptini yaratdi (foto)

Dizaynerlar Filip Stark va Jerom Olive Alo kelajak smartfonining g‘aroyib konseptini taqdim etdi, deb yozadi «Daryo».

Alo — futuristik materiallardan yasalgan o‘ziga xos «ajdar tishi» bo‘lib, u tasvirni havoda proeksiyalab ko‘rsatadi, shu sababli, an’anaviy rangli ekranga ehtiyoj sezmaydi. Kelajak smartfoni ovoz orqali boshqariladi va yuzlarni tanib olish qobiliyatiga ega.


Alo korpusi egiluvchan bo‘lib, yarim shaffof materialdan tayyorlangan, elektron komponentlar esa alyuminiy o‘zakka kiritilgan. Smartfonda odatiy tugmalar yo‘q. Matn terish ehtiyoji ham mavjud emas — kerakli narsani aytish kifoya.


Alo uch o‘lchamli gologrammalarni hosil qila oladi — bu video va boshqa grafikani ko‘rishning yangi usuli. Telefon vibrasiyalar va haroratini o‘zgartirish orqali foydalanuvchi bilan aloqa qiladi. Smartfonning yuza qismi etgan zarardan so‘ng o‘zini qayta tiklay oladigan materialdan yasaladi.

Stark konseptni seriyali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi. Ammo bu qachon mumkin bo‘lishi noma’lum.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Dizaynerlar kelajak smartfoni konseptini yaratdi (foto)