Yaponiyada iPhone’ni ustaraga aylantiruvchi aksessuar yaratildi


Yaponiyaning Akiba kompaniyasi Apple smartfonlarini ustaraga (britva) aylantiruvchi ixcham aksessuar ishlab chiqardi. Ushbu aksessuarning narxi oddiy ustaralarnikidan arzonroq, deyiladi Kun.uz xabarida.
Qurilmaga lezviyalarni tozalash uchun chyotka va yo‘riqnoma taklif qilinadi. Yangi qurilma Xitoyda sotilmoqda, biroq yaqinda internetda paydo bo‘lishi mumkin. Biroq gadjet oddiy ustara o‘rnini bosadi deb qabul qilish yaramaydi. Bu aksessuar tashqi ko‘rinishni eng tig‘iz paytlarda risoladagidek ko‘rinishga keltirish uchun mo‘ljallangan. Xitoyda me’yoridan ziyod ko‘p ishlash asosiy muammolardan biriga aylangani sabab ushbu qurilma vaqti tig‘iz ishchilarga ayniqsa qo‘l keladi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…