
Tokio shahrida dunyoda tengi yo‘q robotlar ko‘rgazmasi o‘z eshiklarini ochdi. Tadbirda namoyish etilgan qurilmalarning asosiy qismini sanoat robotlari tashkil qiladi. Ular yuklarni ko‘tarish, turli joylarga joylash, aniq manipulyatsiyalar bajarish kabi vazifalarni juda tez va aniq amalga oshiradi.
Ko‘rgazmada shuningdek sun’iy intellekt bilan ta’minlangan yangi avlod robotlari ham ishtirok etmoqda. Bunday qurilmalar odam bilan muloqot qilish, murakkab harakatlarni bajarish va vaziyatga mos ravishda qaror qabul qilish qobiliyatiga ega.
Yaponiya Robototexnika assotsiatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yil davomida ushbu soha 25,9 foizga o‘sgan bo‘lib, bozor qiymati $1,43 milliardga yetgan. Bu esa robototexnikaga bo‘lgan qiziqish va talab ortib borayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.