
Texnologiyalar o‘zgarib borgan sari ular bilan ishlatiladigan aksessuarlar ham takomillashib boradi. Shunday innovasion aksessuarlardan biri sifatida AirBar plankasini keltirish mumkin. Mazkur planka ekran ramkasiga mahkamlanadi, unga ko‘zga ko‘rinmaydigan magnit va datchiklar joylangan, gadjet USB-port orqali quvvatlanadi.
Terabayt saytining yozishicha, AirBar plankasi zForce AIR texnologiyasi asosida ishlaydi. Faol AlwasOn datchiklari ekran yuzasida ko‘rinmas yorug‘lik maydonini hosil qiladi. Ushbu datchiklar barmoqlarning tegishi va ayrim ishoralarni taniy oladi hamda ularni operasion tizimga uzatadi. Gadjet batareya quvvatini ko‘p sarf etmaydi.
Windows 8, Windows 10 va macOS operasion tizimlari AirBar gadjetini qo‘llab-quvvatlaydi. Narxi hozirda 79 AQSh dollarini tashkil qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar