
Kuni kecha 2016 yil bo‘yicha e’lon qilingan moliyaviy hisobotda Facebook kompaniyasi unga tegishili ijtimoiy tarmoqda kuniga 100 mln soatga yaqin video-kontentlar ko‘rilishini ma’lum qildi. Garchi bunday natija kompaniyaga reklamadan katta foyda ko‘rishga imkon bersa-da, u tez orada smart-televizizorlar uchun ilova chiqarishni ham rejelashtirgan.
Terabayt nashrining yozishicha, ayni vaqtda Facebook tarmog‘ida videolarning katta qismini qisqa jonli efirdagi videolar tashkil qiladi. Bunday formatga esa reklama joylash oson emas. Shu bois kompaniya uzunroq davom etadigan roliklarni monetizasiya qilishni boshlab yuborgan.
Ijtimoiy tarmoqning televizorlar uchun chiqariladigan ilovasi uzoq davom etadigan videolar orasiga reklama joylash va foydalanuvchilarga original kontent taqdim etish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari,bunday ilova kelgusida videoservis brendlari bilan raqobat qilishda kompaniyaga yordam berishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar