18:01 / 09.02.2017
7 322

Google yangi Android Wear 2.0 dasturini ishlab chiqdi va LG «aqlli» soatini taqdim etdi

Google yangi Android Wear 2.0 dasturini ishlab chiqdi va LG «aqlli» soatini taqdim etdi

Google kompaniyasi aqlli soatlar uchun o‘zining dasturiy ta’minoti — Android Wear’ning yangi namunasi Android Wear 2.0 dasturini havola qildi. Shu bilan bir vaqtning o‘zida kompaniya LG kompaniyasi ishlab chiqqan ikkita soatni ham taqdim etgan. Ular yangi dastur negizida ishlaydi, deb xabar berdi Kun nashri.

Android Wear 2.0 dasturida siferblatlarni sozlash imkoni paydo bo‘lgan. Uning vositasida kerakli funksiyalarni asosiy oynaga chiqarish mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, tizim siferblatlarni tezda almashtirish imkonini beradi.

Google Fit ilovasida harorat, masofa, sarflangan kaloriya hamda soatda puls o‘lchagich bo‘lsa, piyoda yurish, yugurish yoki velosipedda sayr qilish chog‘ida pulsni nazorat qilish mumkin. Shu qatorda o‘tirib-turish, gantel va shtangani takroriy ko‘tarishlar sonini sanashlarni ham ilovaning o‘zi bajaradi.

Android Wear 2.0 dasturida ilovani bevosita soatning o‘ziga yuklash imkoni mavjud. Shu bilan ular telefonsiz ham ishlashi mumkin, ya’ni soatda mobil modul bo‘lsa kifoya, bevosita soatning o‘zidan ham qo‘ng‘iroq qilsa bo‘ladi.

Foydalanuvchilar soat ekranidagi klaviatura yordamida matnli xabarlarga javob bera olishadi. Google, shuningdek, Google Assistant ovozli yordamchini ham kiritgan.

Google yangi dasturiy ta’minoti bilan birga LG Watch Style va LG Watch Sport soatlarini ham namoyish qildi. Sport modeli Style namunasidan to‘lovlar uchun NFC-chip mavjudligi, GPS-navigatori borligi, puls o‘lchagich va mobil aloqa moduli borligi bilan farqlanadi.

LG Watch Style (o‘ngdan yuqorida) va LG Watch Sport (chapdan pastda)

Google kompaniyasi Android Wear 2.0 tizimini yaqin haftalarda Android tizimida ishlaydigan aksariyat «aqlli» soatlarga tarqatishga va’da bermoqda. LG soatlari esa AQSh, Kanada, Saudiya Arabistoni, JAR, Janubiy Koreya, Rossiya, Tayvan va BAAda paydo bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Google yangi Android Wear 2.0 dasturini ishlab chiqdi va LG «aqlli» soatini taqdim etdi