13:12 / 11.02.2017
5 859

Britaniya temir yo‘llari yuqori texnologiyalar yordamida kuchaytiriladi

Britaniya temir yo‘llari yuqori texnologiyalar yordamida kuchaytiriladi

Insoniyat qachongacha fazoga parvoz qilish bilan kun kechiradi, axir erdagi transport vositalarini ham unutmaslik darkor. Masalan, temir yo‘llar haqida qayg‘urish lozim. Buyuk Britaniyaning temir yo‘l kompaniyalari assosiasiyasi Rail Delivery Group rahbariyati, ushbu soha yuqori darajada texnologik bo‘lishi kerak va bu borada muhim o‘zgarishlarni amalga oshirish lozim, degan to‘xtamga keldi. Poezd – albatta, fazoviy kema emas, ammo bu yo‘lovchilarga qator qulayliklarni taqdim etmaslikka bahona bo‘la olmaydi, deb yozadi Kun nashri.

Birinchi o‘zgarish chiptalar tizimida o‘tkaziladi. An’anaviy qog‘ozli chiptalarni elektron namunalarga almashtirish rejalashtirilgan. Ularni Bluetooth va maxsus ilova yordamida aniqlash mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, elektron chiptalarni yo‘lovchilarning biometrik pasportlari ko‘rsatkichlariga kiritib qo‘yish imkoniyati ham ko‘rib chiqilmoqda. Poezdlarning barchasi simsiz tarmoqlar vositasida yagona tizimga birlashadi. Bu esa, ularning o‘zaro manziliga doir ma’lumotlarni ulashish imkonini beradi.

O‘zgarishlar nafaqat temir yo‘llarning elektron jihatiga qaratiladi. Qulaylik va samaradorlik xususida ham hech kim unutgani yo‘q. O‘rindiqlarning yangi namunasi ularning sonini 20-30 foizga oshiradi. Shu bilan birga, tig‘iz vaqtlarda tiqilinchlarning oldini olish uchun 20 foiz vagon hududini bo‘shatadi. Agar assosiasiya tomonidan taqdim qilingan loyiha hayotga tatbiq etilsa, yaqin kelajakda Britaniya poezdlarida ko‘zni skan qilish yoki barmoq izini olish bilan chiptalarni tekshirayotganiga guvoh bo‘lsak ajab emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Britaniya temir yo‘llari yuqori texnologiyalar yordamida kuchaytiriladi