2015 yil 19 may, Toshkent. Eng yirik aloqa operatori Beeline milliy matbuot-anjumani doirasida kompaniya abonentlarining mijozlik tajribasini takomillashtirishga yo‘naltirilgan qator muhim loyihalar haqida xabar berdi.
Unitel MChJ rahbariyatining hisobotida birinchi chorakning quyidagi muhim loyihalari aks ettirildi: Beeline 3G tarmog‘ida sof tovush uzatuvchi “Hozirlik effekti” HD-texnologiyasi, bir nechta aviakompaniyalarning havo kemalarida joriy etilgan rouming noyob xizmati, shuningdek CLICK tizimi bilan birgalikda ishga tushirilgan “Avtoto‘lov” xizmati.
“Pozitiv mijozlik tajribasi – bu eng yaxshi xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalarni ta’riflaydi, va biz Beeline‘ni O‘zbekistondagi birinchi raqamli xizmat ko‘rsatuvchi kompaniya bo‘lishiga intilamiz, - deydi mijozlik tajribasini rivojlantirish loyihasi rahbari Oraz Abdurazakov. – Bu erda barchasi muhim: xizmatlarning yuqori sifati, xizmat ko‘rsatishning eng oldi standartlari, biznes-jarayonlarning ochiq-oydinligi, tezkor qayta aloqa va boshqalar”.
Unitel‘ning tijorat direktori Maksim Efremovning belgilashicha, shaxsiy va dilerlik eksklyuziv ofislarning tarmog‘ini kengaytirgan holda, kompaniya riteyl boshqarilishining samarali tizimiga ahamayat qaratmoqda, bu esa o‘z navbatida Beeline savdo belgisi ostida faoliyat yuritayotgan barcha salonlarda xizmat ko‘rsatishning yuqori darajasini qo‘llab-quvvatlaydi va mavjud bo‘lgan barcha qoida va normalarni bajarilishini kafolatlaydi.
2015 yilning I choragida mijozlar bilan qayta aloqa o‘rnatish borasida, mavjud aloqa kanallarini rivojlantirib va yangilarini barpo etgan holda, kompaniya katta yo‘l bosdi. Shunday qilib, bugungi kunda Facebook, Odnoklassniki, Twitter va Instagram ijtimoiy tarmoqlaridagi Beeline O‘zbekiston korporativ sahifasi obunachilarining umumiy soni 700 000 kishini tashkil etdi, va bu kompaniyani har bir ijtimoiy tarmoqdagi eng yirik brend-uyushmalar qatoriga chiqardi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Italiyaning Sardiniya orolida uylar 1 yevrodan sotilmoqda, lekin...