UMS yil oxiriga qadar abonentlari sonini 1,15 mln.ga yetkazishni rejalashtirgan

UMS yil oxiriga qadar abonentlari sonini 1,15 mln.ga yetkazishni rejalashtirgan
UMS yil oxiriga qadar abonentlari sonini 1,15 mln.ga etkazishni rejalashtirgan

Rossiyaning yetakchi mobil aloqasi kompaniyasi «Mobilnыe TeleSistemы» OAJ (MTS) 2015 yilning dastlabki choragida Rossiya va MDH davlatlaridagi korxonalarining moliyaviy holati va amalga oshirilayotgan ishlari bo‘yicha chorak yakunini taqdim etdi. Mazkur hisobot kompaniya rasmiy saytida berilgan, de yozadi Kun.uz.

Chorak yakuniga ko‘ra berilgan hisobotda O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan UMS QK 423,6 ming abonentga xizmat ko‘rsatib kelayotgani ma’lum bo‘ldi.

MTS tomonidan ishlab chiqilgan hisobot-prezentatsiya ko‘rinishidagi faylda ma’lumot berilishicha, korxonaning O‘zbekistondagi bo‘limi joriy yilning so‘nggiga qadar o‘z abonentlari sonini 1,15 mln.ga yetkazishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va MTS qo‘shma loyihasi asosida 2014 yilning 1 dekabridan ishga tushirilgan UMS aloqa operatori dastlabki oyda jami bo‘lib 118,1 ming abonentga ega bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar