02:27 / 21.05.2015
7 395

Samsung kompaniyasi iyulda Galaxy Note 5 ni ilk bor namoyish qilishi mumkin

Samsung kompaniyasi iyulda Galaxy Note 5 ni ilk bor namoyish qilishi mumkin

Samsung kompaniyasi o‘zining navbatdagi flagman qurilmasini kutilgandan oldinroq chiqaradiganga o‘xshaydi. Gap iyulda ilk bor taqdim qilinishi mumkin bo‘lgan Galaxy Note 5 smartfoni haqida ketmoqda. Qurilma rejadagidan avval ishlab chiqilgani tufayli uning taqdimotini ertaroq o‘tkazishga qaror qilindi, deb yozmoqda Kun.uz.

Galaxy Note 5 ning oldinroq chiqarilishi Samsung ga sentyabrda chiqarilishi kutilayotgan iPhone 6s va 6s Plus smartfonlari ustidan ustunlik berishi mumkin.

Biroq qizig‘i bu emas, balki Galaxy Note 5 da qo‘llanadigan texnologiyadadir. OAVlarda bir necha bor Samsung yozga mo‘ljal qilgan holda Ultra-HD ko‘rsatish qobiliyati (2160 x 3840 piksel)ga ega AMOLED-displeylarni ommaviy ravishda ishlab chiqarishga tayyorlayotgani aytib o‘tilgan edi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Galaxy Note 5 ning oddiy versiyasi 5,89 dyuymli ekran bilan, Note 5 edge versiyasi esa 5,78 dyuymli ekran bilan jihozlanadi.

Smartfon ekrani bunday o‘lcham va ko‘rsatish qobiliyatida haddan tashqari zich, ya’ni 700 ppi dan ko‘proq piksellarni oladi. Bu istalgan standartdan ko‘ra ustunroq hisoblanadi. Bunday ekranlar 4K-kontentni ko‘rish va virtual reallikka cho‘mish uchun ideal hisoblanadi.

Note 5, shuningdek, Galaxy S6 smartfonidagi kabi Samsung Exynos chipseti bilan jihozlanishi taxmin qilinmoqda. Qurilmaning qalinligi 7,9 mm ni tashkil qiladi. Manbalarning aytishicha, akkumulyator batareyasi hajmi 3220 dan 4100 mA-soatgacha oshiriladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Samsung kompaniyasi iyulda Galaxy Note 5 ni ilk bor namoyish qilishi mumkin