15:30 / 02.03.2017
6 347

VimpelCom nomini VEON‘ga o‘zgartirishni rejalashtirmoqda, Unitel Beeline brendi ostida O‘zbekistondagi faoliyatini davom ettiradi

VimpelCom nomini VEON‘ga o‘zgartirishni rejalashtirmoqda, Unitel Beeline brendi ostida O‘zbekistondagi faoliyatini davom ettiradi

Dunyodagi abonentlari soni bo‘yisha oltinchi o‘rindagi VimpelCom Ltd. telekommunikatsion kompaniyasi aksionerlarning navbatdan tashqari majlisida nomini VEON‘ga o‘zgartirish haqidagi savolni ko‘rib chiqadi.

“VimpelCom rebrending o‘tkazmoqda, 30 mart kuni bo‘lib o‘tadigan navbatdan tashqari majlisda aksionerlar maqullashsa, o‘z nomini VEON‘ga o‘zgartiradi”, – deb 27 fevral kuni e’lon qiligan rasmiy xabarda aytilgan.

Nomning o‘zgartirilishi kompaniyaning 2017 yilning so‘ngiga qadar VEON internet-platformasini ishga tushirish strategiyasini tezlashtirish maqsadini belgilaydi. Bundan tashqari, VimpelCom II chorakda Amsterdamdagi Euronext‘da takroriy listing o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

VimpelCom faoliyat yuritayotgan mamlakatlardagi operasion kompaniyalarning brendlari o‘zgarmaydi, shunda VEON o‘z strategiyasini ommaga olib chiqish uchun mazkur savdo belgilarining yuqori darajadagi taniqliligidan foydalanishni rejalashtirgan. VEON Beeline, WindTre, Djezzy, Jazz, Kyivstar va Banglalink savdo belgilari va ularning bozor etakchilari maqomiga tayanadi.

Voqeani sharhlar ekan, MChJ Unitel‘ning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov belgilab o‘tdi: “Aksionerlar tomonidan rebrending amalga oshirilishi haqida echim qabul qilinsa, bu faqat VimpelCom Ltd.ga tegishli bo‘ladi. Bizning kompaniyamiz O‘zbekistonda Beeline brendi ostida faoliyatini davom ettiradi”.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » VimpelCom nomini VEON‘ga o‘zgartirishni rejalashtirmoqda, Unitel Beeline brendi ostida O‘zbekistondagi faoliyatini davom ettiradi