Slice Intelligence kompaniyasining hisob-kitoblariga ko‘ra, bugungi kunga kelib taxminan 2,5 mln dona Apple Watch soatlari sotilgan, deb xabar bermoqda Kun.uz.
Bu vaziyatda ushbu gadjetning qanday miqdorda sotilgani emas, balki unga bo‘lgan talab dinamikasi qiziqish uyg‘otadi. Birinchi kuni kompaniya ushbu gadjetga 1,5 mln, ya’ni hozirda sotilgan soatlarning yarmichalik miqdorda buyurtma oldi. Bir kun o‘tib yangi gadjetga qiziqish keskin tushib ketdi va hozirda unga kuniga o‘rtacha 30 ming dona buyurtma olinmoqda. Agar savdolar shunday darajada qolsa, Apple Watch ning etkazib berish hajmi 11 milliondan oshmaydi.
Biroq bu hisob-kitoblarga ehtiyotkorlik bilan qarash kerak, chunki Slice Intelligence keltirgan 2,5 mln raqami AQShda chekli miqdordagi respondentlar orasida o‘tkazilgan so‘rovnomaning natijalari asosida keltirilgan. Boz ustiga, agar Apple Watch erkin sotuvga chiqarilsa, bu ko‘rsatkichlar yanada oshishi aniq. Aytish joizki, hozirda buyurtma bo‘yicha sotilayotgan soatlar hamma davlatlarda ham savdoda mavjud emas. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Italiyaning Sardiniya orolida uylar 1 yevrodan sotilmoqda, lekin...