13:32 / 28.05.2015
6 344

Shu yilning bahor mavsumida ijtimoiy tarmoqlarning 2000 dan ziyod foydalanuvchilari Beeline tanlovlarida ishtirok etishdi

Shu yilning bahor mavsumida ijtimoiy tarmoqlarning 2000 dan ziyod foydalanuvchilari Beeline tanlovlarida ishtirok etishdi

2015 yil 28 may, Toshkent. Eng yirik aloqa operatori Beeline ijtimoiy tarmoqlaridagi faoliyat natijalarini sarhisob qilmoqda. Mart oyidan may oyiga qadar kompaniya Facebook tarmog‘ida o‘ndan ziyod tanlovlar o‘tkazdi, va unda korporativ sahifalarining 2000 dan ziyod foydalanuvchilari ishtirok etishdi.

“Beeline‘ning interaktiv loyihalarining o‘zgachaligi ularning ochiq-oydinligi hisoblanadi, va tanlovlarning foydalanuvchilar orasida ommabopligi buning yana bir dalolatidir, — voqeani sharhlaydi Unitel‘ning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov. — Obunachilarimizning faol ishtiroklari uchun minnatdormiz, va kelgusi tanlovlarda ularga omad tilaymiz”.

Tanlovda ishtirok etish uchun Facebook, Odnoklassniki, Twitter va Instagram ijtimoiy tarmoqlaridagi Beeline Uzbekistan rasmiy sahifalariga obuna bo‘lish lozim. Eslatib o‘tamiz, 2011 yildan beri Beeline Uzbekistan www.socialbakers.com obro‘li halqaro portali ma’lumotlariga ko‘ra Markaziy Osiyodagi eng yirik Facebook-uyushma, shuningdek O‘zbekistondagi 1 raqamli Twitter-brend hisoblanadi. Shuningdek 2013 yildan beri www.odnoklassniki.ru ijtimoiy tarmog‘ida ishtirokchilar soni bo‘yicha etakchi mobil operator bo‘lib qolmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Shu yilning bahor mavsumida ijtimoiy tarmoqlarning 2000 dan ziyod foydalanuvchilari Beeline tanlovlarida ishtirok etishdi