Ota chetga chiqish uchun 5 yillik alimentni oldindan to‘ladi

Ota chetga chiqish uchun 5 yillik alimentni oldindan to‘ladi

Majburiy ijro byurosining G‘ijduvon tuman bo‘limi ish yurituvidagi sud hujjatiga ko‘ra, qarzdor otadan undiruvchi ona foydasiga voyaga yetmagan 1 nafar farzandi moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.  

Ijro harakatlari davomida qarzdorning chetga chiqish huquqlari vaqtincha cheklangan. Qarzdor chetga chiqmoqchiligini bildirib, amaliy yordam so‘ragan.

Qarzdorga ijro hujjatida taraflarning huquq va majburiyatlari hamda aliment to‘lovlarini oldindan to‘lash tartibi tushuntirilgan.

Qarzdor aliment to‘lovini oldindan to‘lash yo‘li bilan ijro etish usuli va tartibini o‘zgartirish haqida sudga da’vo arizasi kiritgan.

Sud tomonidan da’vo arizasi qanoatlantirilib, davlat ijrochisi tomonidan hisoblangan 5 yillik aliment pullarini oldindan undirish belgilangan.

Ijro harakatlari davomida oldindan undirilishi belgilangan 138.540,0 ming so‘m aliment pullari undirib, qarzdorning chetga chiqishiga qo‘yilgan cheklov bekor qilindi.  
Hozirda ijro harakatlari davom etmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar