Chelsi Denni Velbek transferini koʻrib chiqmoqda

Chelsi Denni Velbek transferini koʻrib chiqmoqda

Londonning Chelsi klubi hujum chizigʻiga tajriba qoʻshish maqsadida Brayton hujumchisi Denni Velbek nomzodini jiddiy ravishda koʻrib chiqmoqda. The Athletic nashri tarqatgan maʼlumotlarga koʻra, tajribali futbolchini jamoaga olib kelish fikri bosh murabbiy Xabi Alonsoning shaxsiy tashabbusi hisoblanadi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Soʻnggi mavsumlarda yosh va istiqbolli oʻyinchilarga tayanib kelgan Chelsi rahbariyati transfer siyosatida oʻzgarish yasashga qaror qildi. Yangi tayinlangan ispaniyalik mutaxassis yoshlar bilan bir qatorda kiyinish xonasida yetakchilik qila oladigan, Angliya Premyer-ligasida katta tajribaga ega boʻlgan futbolchilarga ehtiyoj sezmoqda.

Hozirda 35 yoshni qarshilagan Angliya terma jamoasi aʼzosi Brayton bilan tuzgan amaldagi shartnomasining soʻnggi 12 oylik bosqichiga kirdi. Seagulls klubi oʻzining yetakchi oʻyinchisini qoʻyib yuborishni istamasada, futbolchining karyerasidagi soʻnggi yirik jamoaga oʻtish imkoniyati muzokaralarda hal qiluvchi rol oʻynashi mumkin.

Barqarorlik va yuqori natijalar

Velbekka boʻlgan qiziqish shunchaki vaqtinchalik xohish emas. Tajribali hujumchi oʻzining uzoq yillik futbolchilik karyerasidagi eng mahsuldor mavsumini oʻtkazdi. U oʻtgan mavsumda Brayton safida Premyer-liganing 38 ta uchrashuvidan 37 tasida maydonga tushib, raqiblar darvozasini 13 bor ishgʻol qilishga erishdi.

Xabi Alonso aynan shunday barqarorlik va ishonchlilik Stamford Bridjedagi joriy hujum chizigʻida yetishmayapti, deb hisoblaydi. Koʻk-anorranglilar rahbariyati endilikda uzoq muddatli loyihalar bilan birga, darhol natija koʻrsata oladigan Premyer-liga tajribasiga ega oʻyinchilarni ham tarkibga qoʻshishga tayyor.

Tarkibdagi boshqa oʻzgarishlar

The Athletic maʼlumotiga koʻra, Chelsi faqat Velbek bilan cheklanib qolmayapti. Londonliklar tarkibga darhol yetuklik olib kirish maqsadida Granit Jaka vaJon Stons kabi tajribali futbolchilarni ham nishonga olgan.

Shuningdek, Velbekka faqatgina Chelsi emas, balki boshqa Yevropa grandlari ham qiziqish bildirgani aytilmoqda. Xususan, Manchester Yunayted oʻtgan yozgi transfer oynasi vaqtida oʻz tarbiyalanuvchisini Old Traffordga qaytarish variantini oʻrganib chiqqan edi.

Velbekning transferi Chelsi safidagi bir qator hujumchilarning taqdiriga ham oʻz taʼsirini oʻtkazishi kutilmoqda. Klub Liam Delap va Emmanuel Emgeha boʻyicha tushadigan takliflarni eshitishga tayyor, yosh futbolchi Mark Guiu esa amaliyot toʻplashi uchun boshqa jamoaga ijara yoki doimiy asosda yoʻl olishi mumkin.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar