MacBook Neo taqdimoti: Ilk taassurotlar va xususiyatlar

Apple kompaniyasi Nyu-York, London va Shanxay shaharlarida bir vaqtning o'zida o'tkazilgan taqdimotlarda yangi MacBook Neo noutbukini namoyish qildi. Dunyoning yetakchi texnologik nashrlari vakillari ushbu qurilmani yaqindan ko'rish va sinab ko'rish imkoniga ega bo'lishdi. Bu haqda wylsa.com xabar beradi.
Engadget nashri tahlilchilarining fikricha, MacBook Neo o'zining hamyonbop narxiga qaramay, juda sifatli va qimmatbaho ko'rinishga ega. Alyuminiy korpusning rang-barangligi foydalanuvchilarda ijobiy taassurot qoldirmoqda. Shuningdek, 9to5mac vakili Chens Miller klaviatura dizayni va ranglar uyg'unligini alohida e'tirof etdi. Biroq, klaviaturaning konstruksiyasi ba'zi ekspertlarda shubha uyg'otdi – u avvalgi «kapalak» mexanizmlarini eslatib yuboradi. Tuchpad esa juda sezgir va ravon ishlaydi.
Qurilma savdoga 11-mart kuni chiqarilishi rejalashtirilgan. AQSh bozorida 256 GB xotiraga ega model 600 dollar, 512 GB hajmli versiya esa 700 dollar etib belgilangan. Apple muxlislari yangi noutbukning kundalik foydalanishdagi imkoniyatlarini sinab ko'rishni intiqlik bilan kutishmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!