Dell XPS 13 noutbuki MacBook Neo modeliga munosib raqib boʻldi

Intel Wildcat Lake platformasida ishlaydigan yangi Dell XPS 13 Apple kompaniyasining byudjetli MacBook Neo modeliga to'g'ridan-to'g'ri raqib sifatida taqdim etildi va uning narxi 700 dollardan boshlanadi. Noutbuk klaviatura yoritgichi, DisplayPort 2.1 va quvvatlashni qo'llab-quvvatlaydigan ikkita tezkor USB-C portiga ega bo'lib, vazni atigi 1 kilogrammni tashkil etadi.
Tom’s Hardware nashri mutaxassislari Intel Wildcat Lake platformasida ishlaydigan yangi Dell XPS 13 noutbukini sinovdan oʻtkazishdi. Ushbu qurilma Apple kompaniyasining byudjetli MacBook Neo modeliga toʻgʻridan-toʻgʻri raqib sifatida taqdim etilgan boʻlib, uning bozordagi mavqeini jiddiy oʻzgartirishi kutilmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
ixbt.com maʼlumotiga koʻra, yangi Dell XPS 13 narxi 700 dollardan boshlanadi. Taqqoslash uchun, ushbu model nafaqat narx borasida, balki tashqi koʻrinishi va foydalanishdagi taassurotlari boʻyicha ham Apple mahsulotidan qolishmaydi, hatto baʼzi jihatlarda yanada qimmatroq taassurot qoldiradi. Shuningdek, noutbuk klaviatura yoritgichi, DisplayPort 2.1 va quvvatlashni qoʻllab-quvvatlaydigan ikkita tezkor USB-C porti bilan jihozlangan hamda vazni atigi 1 kilogrammni tashkil etadi.
Tezkor xotira va unumdorlik sinovlari
Test davomida ekspertlar qurilmaning 8 GB va 16 GB tezkor xotiraga ega versiyalarini solishtirib koʻrishdi. Maʼlum boʻlishicha, Windows 11 operatsion tizimining toʻlaqonli ishlashi uchun 8 GB hajmdagi operativ xotira yetarli emas. Xususan, 15 ta bir xil brauzer oynasi ochilganda, 16 GB xotirali tizim ancha ravon va barqaror ishlagan.Shuningdek, 16 GB versiyada sahifalar oʻrtasida oʻtish jarayoni tezroq amalga oshirilgan. 8 GB boʻlgan tizimlarda esa sahifa qayta yuklanishidan oldin ekran qisqa muddatga oq rangga kirishi kuzatilgan. Shuning uchun koʻp vazifali rejimda ishlovchilarga xotirani tejash funksiyalaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Texnik imkoniyatlar va avtonomlik
Unumdorlik koʻrsatkichlari boʻyicha Intel Core 5 320 protsessori oʻrtacha olganda Apple A18 Pro darajasida ishlaydi. Biroq Dell qurilmasi ancha tezkor SSD xotirasi bilan ajralib turadi. Batareya quvvatini saqlash boʻyicha esa Dell XPS 13 hatto MacBook Neo modelidan biroz yaxshiroq natija koʻrsatdi.Mutaxassislarning taʼkidlashicha, Apple tomonidan qoʻyilgan yangi standartlar tufayli Windows qurilmalari ishlab chiqaruvchilari ham harakatga kelgan. Ushbu segmentdagi raqobat oxir-oqibat isteʼmolchilar uchun 1000 dollardan qimmat boʻlmagan sifatli va chiroyli noutbuksiz qolmaslik imkoniyatini taqdim etmoqda.





























Izohlar 0
…