6 116
Telegram kabi messenjerlar Android'dan ko‘ra iOS'da ko‘proq xavf uyg‘otishi ma’lum bo‘ldi
Barcha mashhur messenjerlarda zaiflik mavjud. Bu ham Android, ham iOS versiyalarga taalluqli. Solar Security kompaniyasi mutaxassislari shunday xulosaga kelishdi. Bu haqida «Kommersant» gazetasiga tayanib Kun.uz xabar berdi.
Solar Security eng mashhur to‘qqiz messenjer kodini tekshiruvdan o‘tkazgan: Telegram, WhatsApp, Viber, Facebook Messenger, Signal, Slack, Skype, WeChat va QQ International.
Natijada faqatgina Android nazoratidagi Signal'dagina yirik zaiflik aniqlanmagan. Facebook Messenger va Slack kodlarida to‘rttadan, qolganlarida esa undan ham ko‘p zaiflik borligi ma’lum bo‘lgan.
Android'dagi eng keng tarqalgan yirik zaifliklar sifatida shifrlashning zaif algoritmlari, xavfsiz deb bo‘lmaydigan SSL, bo‘sh parollarning qo‘llanilishi qayd etilgan. Bu qurilmada saqlanuvchi login va parollarning o‘g‘irlanish xavfini oshiradi.
Messenjerlarning iOS-versiyalari Android qurilmalarga nisbatan ko‘proq zaiflikka moyil ekani ta’kidlangan.
Mutaxassislar iOS'dagi Facebook Messenger'da - 12, Viber'da - 15, Skype'da — 17 yirik zaiflikni aniqlashgan. Eng ko‘p xatolar - Xitoyning QQ International va WeChat messenjerlarida.
Kompaniya mutaxassislari ilovalarning iOS-versiyalarida zaiflikning ko‘pligini odatda "Android u qadar xavfsiz hisoblanmasligi" tufayli uning ishlab chiqaruvchilari "himoyalash darajasiga ko‘proq e’tibor qaratishlari" bilan izohlagan.
Messenjerlarning o‘zi xavfsizlik bilan bog‘liq muammolar haqidagi ma’lumotni tasdiqlashmagan, ularning so‘zlariga ko‘ra, barcha mahsulotlar muntazam ravishda tekshiruvdan o‘tkaziladi.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”