15:40 / 01.06.2015
7 148

Farg‘onada raqamli televideniening yangi DVB-T2 standarti ishga tushirildi

Farg‘onada raqamli televideniening yangi DVB-T2 standarti ishga tushirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 17 aprel kungi «O‘zbekiston Respublikasida raqamli teleuzatuvga texnik va texnologik o‘tish bo‘yicha davlat dasturi» to‘g‘risidagi Qaroriga muvofiq Farg‘ona viloyatida raqamli teleuzatuvga o‘tish amalga oshirildi. Bu haqda «Infocom.uz»ga asoslanib «Daryo.uz» xabar berdi.

Ayni paytda raqamli televidenie signallari Farg‘ona, Qo‘qon va So‘x tumanida joylashgan raqamli uzatkichlar orqali Farg‘ona viloyatining barcha tumanlariga tarqatilmoqda.

Radiochastotali spektrdan yanada samaraliroq foydalanish uchun 2015 yil mayidan Farg‘ona shahrida er usti teleuzatuvi uchun DVB-T2 standarti ishga tushirildi, u 16 ta SD telekanallarini uzatish imkoniyatiga ega.

DVB-T2 raqamli signalini qabul qilish uchun ushbu standartga mos tushuvchi maxsus tyuner kerak bo‘ladi. Bunday tyuner Navoiy viloyatidagi Telecom Innovations qo‘shma korxonasi tomonidan chiqariladi, uni Farg‘ona viloyati «O‘zbektelekom» Akning «Yagona darcha» sotuv ofislaridan olish mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Farg‘onada raqamli televideniening yangi DVB-T2 standarti ishga tushirildi