
Xitoyning Tzekwan texnologik kompaniyasi Sinxua universiteti bilan hamkorlikda dunyodagi birinchi biometrik bankomat ishlab chiqdi. Bu haqda Sinxua axborot agentligiga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.
Aytilishicha, bankomat yuz tanish xususiyatiga ega. U orqali pullarni naqdlashtirish uchun avvalo yuz identifikasiyasidan o‘tish talab etiladi.
Biometrik bankomat ichiga kamera o‘rnatilgan. U mijozning yuzini suratga olib, o‘zidagi ma’lumotlar bazasi bilan qiyoslab ko‘radi. Ishlab chiqaruvchilarning e’tirof etishicha, uskuna insonning biologik o‘ziga xosliklarini eslab qoladi va hatto ularning tashqi ko‘rinishi o‘zgarib ketgan bo‘lsa ham taniy oladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar