date

iPhone 17 smartfonlari quvvati tugagach qayta yonmay qolmoqda

iPhone 17 smartfonlari quvvati tugagach qayta yonmay qolmoqda

Yangi "iPhone 17", "iPhone 17 Pro", "iPhone 17 Pro Max" va "iPhone Air" modellari egalari smartfon batareyasi to'liq o'chganidan keyin qurilmani qayta yoqishda jiddiy muammolarga duch kelishmoqda. Reddit forumidagi ko'plab xabarlarga ko'ra, ushbu nosozlik ommaviy xarakterga ega. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Muammo haqida birinchilardan bo'lib "iPhone 17 Pro Max" foydalanuvchisi ma'lum qildi. Uning so'zlariga ko'ra, smartfon quvvati ilk bor 1 foizga tushib, butunlay o'chganidan so'ng quvvatlash kabeliga umuman reaksiya bildirmagan.

Boshqa foydalanuvchilar ham nafaqat Pro-versiyalar, balki oddiy "iPhone 17" va "iPhone Air" modellarida ham shunday holat kuzatilayotganini tasdiqlashdi.

Ayrim holatlarda qurilma quvvatlagichda 10-15 daqiqa turgach yongan bo'lsa, ba'zi foydalanuvchilar bir necha soat kutishlariga to'g'ri kelgan. Simli quvvatlash yordam bermagan vaziyatlarda "MagSafe" simsiz quvvatlash uskunasi smartfonni hayotga qaytarishning yagona yo'li bo'lib xizmat qilmoqda.

Hozircha nosozlikning aniq sababi ma'lum emas, mutaxassislar buni dasturiy ta'minotdagi xato yoki batareya kalibratsiyasi bilan bog'lashmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » iPhone 17 smartfonlari quvvati tugagach qayta yonmay qolmoqda