OnePlus va Realme brendlari yagona ishlab chiqarish markaziga birlashdi

OnePlus va Realme brendlari yagona ishlab chiqarish markaziga birlashdi
Qisqacha

OnePlus va Realme brendlari yagona ishlab chiqarish markaziga birlashdi. Bu jarayon doirasida ikki kompaniya o'z faoliyatini birlashtirib, yangi mahsulot ishlab chiqarish va tadqiqot markazini tashkil etishdi. Yangi tuzilma rahbari Liy Sze bo'lib, u bevosita Liu Zzuohuga bo'ysunadi. Ushbu brendlar "OPPO" boshqaruvi ostida faoliyat yuritadi va ishlab chiqarish quvvatlari hamda texnologiyalarini o'zaro baham ko'radi.

"OnePlus" va "Realme" brendlari keng ko'lamli ichki qayta tashkil etish ishlarini amalga oshirdi. Insayderlar ma'lumotiga ko'ra, ikki kompaniya o'z faoliyatini birlashtirgan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Hozircha rasmiy izoh berilmagan.

Xitoy va xalqaro bozorlar uchun yagona mahsulot ishlab chiqarish hamda tadqiqot markazi yaratildi. Yangi tuzilmaga Li Sze rahbarlik qiladi.

U bevosita Lyu Szuoxuga bo'ysunadi.

"Realme" kompaniyasining sobiq vitse-prezidenti Van Vey tadqiqot markazi bosh direktorining o'rinbosari etib tayinlandi. Shuningdek, Li Binchjun boshchiligida biznesni rivojlantirish bo'limi tashkil etildi.

Syuy Tsi "OnePlus" va "Realme" brendlarining marketing hamda xizmat ko'rsatish tizimlari uchun javobgar bo'ladi. Ushbu qardosh brendlar "Oplus" xoldingiga tegishli bo'lib, "OPPO" boshqaruvi ostida ishlaydi.

Ular ishlab chiqarish quvvatlari va texnologiyalarni o'zaro baham ko'radi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar