"Samsung" yetti yildan so'ng daromad bo'yicha "TSMC"dan o'zib ketdi

"Samsung" kompaniyasining DS яримўтказгичлар бўлинмаси, етти йилдан сўнг, даромад ва операцион фойда бўйича "TSMC"дан ўтди. Хотира чипларига бўлган талаб ва нархларнинг ўсиши Корея гигантининг молиявий кўрсаткичларини кескин оширди. Биринчи чоракда "Samsung"нинг даромади "TSMC"дан 19,3 миллиард долларга кўп бўлди.
"Samsung Electronics" kompaniyasining DS yarimo'tkazgichlar bo'linmasi ko'p yillar ichida birinchi marta daromad va operatsion foyda bo'yicha "TSMC"ni ortda qoldirdi. Xotira chiplariga bo'lgan talab va narxlarning o'sishi Koreya gigantining moliyaviy ko'rsatkichlari keskin oshishiga olib keldi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Natijada "Samsung" so'nggi 29 chorak, ya'ni yetti yildan ortiq vaqt ichida ilk bor o'zining asosiy raqobatchisidan o'zib ketishga muvaffaq bo'ldi. Birinchi chorakda kompaniyaning yarimo'tkazgichlar bo'linmasi daromadi "TSMC" ko'rsatkichidan 19,3 mlrd dollarga ko'p bo'ldi.
Shuningdek, operatsion foyda ham raqobatchinikidan 15,4 mlrd dollarga yuqori bo'lgani qayd etildi. Ma'lumot o'rnida, "TSMC" asosan hisoblash chiplari ishlab chiqarsa, "Samsung" birinchi navbatda turli xil xotira qurilmalarini tayyorlashga ixtisoslashgan.






























Izohlar 0
…