date

Lucid Motors joriy yilda qancha elektromobil ishlab chiqarishini aniqlay olmayapti

Lucid Motors joriy yilda qancha elektromobil ishlab chiqarishini aniqlay olmayapti

Lucid Motors kompaniyasi yangi bosh direktor tayinlanishi va xarajatlarni qisqartirish jarayonlari tufayli joriy yilda qancha elektromobil ishlab chiqarishi yoki sotishi bo‘yicha aniq prognozlarni qaytarib oldi. Fevral oyida kompaniya 25 mingdan 27 minggacha avtomobil ishlab chiqarishni rejalashtirgan edi, biroq hozirgi vaziyatda bu ko‘rsatkichlar qayta ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Kompaniyaning moliyaviy direktori Taoufiq Boussaid ushbu qaror boshqaruvdagi o‘zgarishlar bilan bog‘liqligini ta’kidladi. Yangi bosh direktor Silvio Napoli biznes strategiyasini qayta ko‘rib chiqmoqda va kompaniya ikkinchi chorakdagi hisobot davrida yangilangan prognozlarni taqdim etishni rejalashtirmoqda.

Birinchi chorakdagi ko‘rsatkichlarning kutilganidan past bo‘lishiga o‘rindiqlar yetkazib beruvchi bilan bog‘liq muammolar va 29 kunlik ishlab chiqarishdagi uzilishlar sabab bo‘ldi. Natijada omborxonalarda tayyor mahsulotlar hajmi ortib ketdi va kompaniya talabga qarab ishlab chiqarish hajmini nazorat qilishga majbur bo‘lmoqda.

Shunga qaramay, Lucid Motors 2027-yilda o‘rta o‘lchamli, arzonroq elektromobillar platformasini ishga tushirish rejasidan qaytgani yo‘q. Shuningdek, kompaniya yil oxirigacha Uber va Nuro bilan hamkorlikda Gravity SUV modeli asosida robotaksi xizmatini yo‘lga qo‘yishni maqsad qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Lucid Motors joriy yilda qancha elektromobil ishlab chiqarishini aniqlay olmayapti