Rossiyada sunʼiy intellekt xodimlarni ishga qabul qilish boʻyicha qaror qabul qilmoqda

Rossiya mehnat bozorida ayrim kompaniyalar ishga qabul qilish jarayonidan inson omilini butunlay chiqarib tashlab, sun'iy intellektga nomzodlar bo'yicha mustaqil qaror qabul qilish vakolatini bermoqda. Bu haqda «Dialog regiony» avtonom notijorat tashkiloti bosh direktori o'rinbosari Yuliya Ablets ma'lum qildi. Natijada, yangi xodimlar texnologiyaning ma'qullashidan so'ng to'g'ridan-to'g'ri ishga kirishmoqda.
Rossiya mehnat bozorida sunʼiy intellekt nomzodlar boʻyicha mustaqil ravishda qaror qabul qilayotgan holatlar kuzatilmoqda. Bu haqda «Dialog regiony» avtonom notijorat tashkiloti bosh direktori oʻrinbosari Yuliya Ablets maʼlum qildi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Ayrim kompaniyalarda ishga qabul qilish jarayonidan inson omili butunlay chiqarib tashlangan. Natijada, yangi xodimlar sunʼiy intellektning maʼqullashidan soʻng toʻgʻridan-toʻgʻri ishga kirishmoqda.
Biroq, yuqori lavozimli rahbarlarni tanlashda texnologiyalarga hali toʻliq ishonch bildirilmayapti. Bunday masʼuliyatli lavozimlar uchun nomzodning qadriyatlari, shaxsiy suhbatlar va murakkab qarorlarni birgalikda qabul qilishga tayyorligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Mutaxassisning taʼkidlashicha, rahbarlarni tanlashda hali ham shaxsiy tavsiyalar, tanishuvlar va norasmiy uchrashuvlar ustunlik qiladi. Bu jarayon nomzodning tajribasidan koʻra, jamoa bilan qanchalik moslashib ketishini aniqlashga qaratilgan.































Izohlar 0
…