date

Xitoyda AMD Radeon video kartalari sotuvchilar uchun zararli bo‘lib qoldi

Xitoyda AMD Radeon video kartalari sotuvchilar uchun zararli bo‘lib qoldi

Xitoy bozorida AMD kompaniyasining ayrim video kartalari tavsiya etilgan chakana narxdan ham arzonroq sotilmoqda. Distribyutorlar va do‘konlar mahsulotlarni sotish uchun narxlarni shunchalik pasaytirishga majbur bo‘lishyaptiki, bu holat ularning zarariga ishlayapti. Channel Gate ma’lumotlariga ko‘ra, ayniqsa Radeon RX 7650 GRE modeli bilan bog‘liq vaziyat juda jiddiy. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Ushbu modelning tavsiya etilgan narxi 2099 yuan (310 dollar) bo‘lsa-da, u hozirda soliqlar bilan birga 1740 yuan (255 dollar) atrofida sotilmoqda. Aksiyalar vaqtida esa narx 1580–1650 yuanga (taxminan 235 dollar) tushib ketmoqda. Shuningdek, Radeon RX 9060 XT 8GB va Radeon RX 9070 XT modellari ham rasmiy narxidan sezilarli darajada arzonroq taklif qilinmoqda.

Tahlilchilar ushbu holatning asosiy sababi sifatida shaxsiy kompyuterlar yig‘ish bozoridagi talabning pasayganini ko‘rsatishmoqda. Xitoyda uy sharoitida o‘yin kompyuterlarini yig‘ish va ularni yangilashga bo‘lgan qiziqish kamaygan, natijada distribyutorlar omborlari sotilmagan butlovchi qismlar bilan to‘lib ketgan.

Taklifning talabdan yuqoriligi tufayli sotuvchilar omborlarni bo‘shatish maqsadida narxlarni doimiy ravishda tushirishga majbur bo‘lmoqda. Manbalarga ko‘ra, Xitoy bozori tovar ortiqchaligiga AQSh yoki Yevropa bozorlariga qaraganda ancha sezgirroq. Ekspertlar narxlarning uzoq muddatli pasayishi nafaqat alohida sotuvchilarga, balki butun mahalliy video karta bozoriga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligidan xavotirda.

Biroq, xaridorlar uchun bu vaziyat ayni muddao bo‘lmoqda. Agar ushbu tendensiya davom etsa, Xitoydagi narxlarning pasayishi kelajakda boshqa mamlakatlardagi Radeon video kartalari qiymatiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazishi ehtimoli mavjud.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Xitoyda AMD Radeon video kartalari sotuvchilar uchun zararli bo‘lib qoldi