Sony kompaniyasi yangi Xperia flagmanini 13-may kuni taqdim etadi

Sony kompaniyasi o‘zining navbatdagi flagman smartfoni taqdimot sanasini rasman tasdiqladi. Kompaniya xabariga ko‘ra, yangi qurilma 13-may kuni namoyish etiladi. Sony ushbu modelni «navbatdagi One» va «navbatdagi Xperia» deb atab, muxlislarida katta qiziqish uyg‘otdi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Taxminlarga ko‘ra, yangi Xperia 1 VI modeli o‘zgartirilgan dizayn bilan taqdim etiladi. Qurilma kvadrat shaklidagi kamera bloki hamda avvalgisiga qaraganda biroz kengroq va qalinroq korpusga ega bo‘lishi kutilmoqda. Shuningdek, smartfon yangi teleobyektiv, 16-mm li o‘ta keng burchakli obyektiv va 24-mm li asosiy kamera bilan jihozlanadi.
Texnik jihatdan smartfon Qualcomm Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessori hamda 12 GB tezkor xotira bazasida ishlaydi. Ishlab chiqaruvchi akkumulyator quvvati ikki kunlik foydalanishga yetishini va’da qilmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurilmaning savdosi 26-iyundan boshlanishi mumkin.
Narxlar borasida ham ayrim tafsilotlar ma’lum bo‘ldi. Germaniyada smartfon 1870 yevro, Buyuk Britaniyada esa 1728 funt sterling atrofida sotuvga chiqarilishi kutilmoqda. Sony o‘zining yangi flagmani bilan premium smartfonlar bozoridagi o‘rnini yanada mustahkamlashni maqsad qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!