GeForce RTX 5090 bilan bogʻliq muammolar davom etmoqda

GeForce RTX 5090 bilan bogʻliq muammolar davom etmoqda
Qisqacha

Germaniyaning PCMasters.de nashri test stendida foydalanilgan MSI GeForce RTX 5090 Gaming Trio OC videokartasida quvvat ulagichi bilan bog'liq jiddiy nosozlik yuzaga kelganini ma'lum qildi. NVMe SSD xotirasini tekshirish vaqtida tizim qayta yuklanayotganda kompyuterdan tutun chiqqan hamda 12V-2x6 kabelining izolyatsiyasi erib, videokartaga yopishib qolgani aniqlangan. Ushbu holatdan keyin NZXT C1500 quvvat blokidagi kabel ham jiddiy zarar ko'rgani ma'lum bo'ldi.

GeForce RTX 5090 videokartalarida quvvat ulagichi bilan bogʻliq muammolar hanuzgacha dolzarb boʻlib qolmoqda. Germaniyaning PCMasters.de nashri oʻzining test stendida foydalanilgan MSI GeForce RTX 5090 Gaming Trio OC videokartasida 12V-2x6 kabeli erib ketganini maʼlum qildi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Hodisa NVMe SSD xotirasini tekshirish jarayonida tizim qayta yuklanayotgan vaqtda yuz bergan. Tahririyat vakillari kompyuterdan tutun chiqqanini payqashgan, keyinchalik tekshiruv davomida 12V-2x6 kabeli videokartaga yopishib qolgani va uning izolyatsiyasi erib ketgani aniqlangan.

Qizigʻi shundaki, videokarta shikastlanishiga qaramay, Windows tizimida ishlashda davom etgan. Biroq, FurMark va termovizor yordamida oʻtkazilgan sinovlar tashqi kontaktning haddan tashqari qizib ketayotganini koʻrsatdi. NZXT C1500 quvvat blokidagi kabel ham jiddiy zarar koʻrgan.

Hozirda PCMasters.de nashri ushbu nosozlik boʻyicha MSI kompaniyasiga murojaat qilib, videokartani taʼmirlash yoki almashtirishni talab qilmoqda. Bu holat yuqori unumdorlikka ega videokartalardagi quvvat ulagichlari xavfsizligi borasida foydalanuvchilarda xavotir uygʻotmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar