date

Samsung zavodida ish tashlash xavfi: xotira chiplari narxi keskin oshdi

Samsung zavodida ish tashlash xavfi: xotira chiplari narxi keskin oshdi

Dunyodagi eng yirik xotira chiplari ishlab chiqaruvchi Samsung zavodlarida ish tashlash ehtimoli yuzaga keldi. 50 mingga yaqin xodimning noroziligi sababli ishlab chiqarish jarayoni to‘xtab qolishi mumkinligi xotira bozorida keskin tebranishlarni keltirib chiqardi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Xitoyning Shenchjen shahridagi Huaqiangbei bozorida narxlar rekord darajada o‘sdi. Xususan, DDR4 xotira chiplari bir hafta ichida 20 foizga qimmatlashdi. China Flash Market Network ma’lumotlariga ko‘ra, 8 GB DDR4 3200 xotirasining narxi 18 dollargacha ko‘tarilgan.

NAND Flash bozori ham pasayishdan to‘xtab, o‘sish tendensiyasiga o‘tdi. Ayniqsa, server xotiralari segmentida narxlar sezilarli darajada oshgan: 64 GB hajmli DDR5 RDIMM modullari bir oy ichida 11 foizga qimmatlab, 1350 dollarni tashkil etdi.

Janubiy Koreya Milliy mehnat munosabatlari qo‘mitasi tomonlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar juda chuqur ekanligini qayd etib, vositachilik jarayonini to‘xtatdi. Kasaba uyushmasi va Samsung Electronics rahbariyati o‘rtasidagi muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Samsung zavodida ish tashlash xavfi: xotira chiplari narxi keskin oshdi