date

Rosatom Leningrad muzqorar kemasi uchun birinchi RITM-200 reaktorini tayyorladi

Rosatom Leningrad muzqorar kemasi uchun birinchi RITM-200 reaktorini tayyorladi

Rosatom davlat korporatsiyasi Leningrad atom muzqorar kemasi uchun moʻljallangan birinchi RITM-200 yadroviy reaktorini ishlab chiqardi. Nazorat yigʻilishi 2026-yil 14-may kuni Moskva viloyatidagi ZiO-Podolsk zavodida yakunlandi. Bu reaktor qurilmasini tayyorlashning yakuniy bosqichi boʻlib, unda barcha qismlar yuqori aniqlik bilan yigʻiladi va mahsulot kemaga oʻrnatishga tayyor holga keltiriladi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Leningrad muzqorar kemasi 2024-yil yanvar oyida kemasozlik zavodida qurila boshlagan edi. Mazkur reaktor Rossiya atom sanoati mutaxassislari tomonidan ishlab chiqarilgan RITM-200 seriyasidagi 13-qurilma hisoblanadi. Ayni paytda ushbu turkumdagi yana 15 ta qurilma ishlab chiqarishning turli bosqichlarida turibdi.

Rosatom maʼlumotlariga koʻra, Leningrad kemasining energetik tizimi ikkita RITM-200 reaktoridan iborat boʻladi. Ikkinchi reaktor hozirda gidravlik sinovlarga tayyorlanmoqda, unda korpusning mustahkamligi va germetikligi yuqori bosim ostida tekshiriladi. Shundan soʻng uning ham nazorat yigʻilishi amalga oshiriladi.

RITM-200 Rossiya atom muzqorar floti uchun moʻljallangan eng yangi va ixcham yadroviy reaktordir. U avvalgi yechimlarga qaraganda ancha kuchli, shu bilan birga 1,5 barobar ixchamroqdir. Bu 22220-loyihasidagi muzqorar kemalarga ham qalin muzliklarda, ham shimoliy daryolar oʻzanlarida samarali ishlash imkonini berib, Shimoliy dengiz yoʻli orqali yuk tashish samaradorligini oshiradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Rosatom Leningrad muzqorar kemasi uchun birinchi RITM-200 reaktorini tayyorladi