Avstraliya qamoqxonasida ikki metrli bangi ilon qayta tarbiylandi

Avstraliya qamoqxonasida ikki metrli bangi ilon qayta tarbiylandi
Avstraliyada ikki metrli bo‘g‘ma ilonni giyohvandlikka moyillikdan davolashdi, deb yozadi Daryo nashri.

Ilon metamfetamin tayyorlanadigan yashirin yerosti laboratoriyasida yashagan. Kimyoviy bug‘lanish va havoga tarqalgan givohvand modda zarralari uni giyohvandga aylantirib qo‘ygan.

Politsiya laboratoriyani yerni fosh qilgach, ilon huquq-tartibot xizmati xodimlari qo‘liga o‘tgan. Uni Sidneydagi ulkan qamoqxona kompleksidagi hayvonlar uchun mo‘ljallangan markazga yuborishgan.

Markaz xodimi Iena Mitchellning so‘zlariga ko‘ra, ilon avvaliga o‘zini notinch, tajovuzkor va tushunarsiz tutgan. Boshqa o‘zi kabi tinch va sekin harakat qiladigan turdoshlaridan farqli o‘laroq, bu ilon o‘zi joylashtirilgan konteynerda tinmay sudralgan.

Ilonga giyohvandlikka moyillikdan butunlay qutulish uchun yetti oy kerak bo‘ldi. Hozirda unga yangi xo‘jayin qidirilmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar