date

Samsung xodimlariga 607 foizlik bonus taklif qildi

Samsung xodimlariga 607 foizlik bonus taklif qildi

Samsung kompaniyasida bonuslar va foydani taqsimlash bo‘yicha yuzaga kelgan ziddiyat tarixiy miqyosdagi ish tashlash xavfini keltirib chiqardi. Sun’iy intellekt sohasidagi o‘sishdan foyda ko‘rayotgan xotira bo‘linmasi xodimlariga yillik maoshning 607 foizigacha bonus taklif qilingan bo‘lsa, zarar ko‘rayotgan Foundry va System LSI bo‘linmalari xodimlari atigi 50–100 foizlik bonus bilan cheklanishi noroziliklarga sabab bo‘ldi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Ushbu adolatsizlik oqibatida ko‘plab muhandislar raqobatchi SK hynix kompaniyasiga o‘tib ketmoqda. O‘n minglab xodimlarni birlashtirgan kasaba uyushmasi foydani taqsimlash modelini qayta ko‘rib chiqishni va operatsion foydaning 15 foizigacha bo‘lgan qismini bonus sifatida belgilashni talab qilmoqda.

Muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolishi ortidan xodimlar 18 kunlik ish tashlash e’lon qildi. Biroq Janubiy Koreya sudi aralashib, korxonalarni blokirovka qilishni taqiqladi va xavfsizlik hamda ishlab chiqarishni ta’minlash uchun asosiy xodimlarning ishlashini majburiy qilib qo‘ydi.

Sud qarori ish tashlash ta’sirini sezilarli darajada susaytirdi va kasaba uyushmasi pozitsiyasini zaiflashtirdi. Ayni damda tomonlar muzokaralarni qayta boshladi, hukumat esa yarim o‘tkazgichlar ishlab chiqarish to‘xtab qolmasligi uchun majburiy arbitraj jarayonini joriy etishga tayyorligini ma’lum qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Samsung xodimlariga 607 foizlik bonus taklif qildi